СГОШ 307 объявляет прием документов и заявлений на вакантные места в специализированные классы
Поиск
Авторизация
На сайте
Гостей: 5
UNITED STATES UNITED STATES SAUDI ARABIA unknown unknown  
Пользователей: 0
Ресурсы
28.10.2015

Ona tili va adabiyot, davlat tili fan oyligida

Ona tili va adabiyot, davlat tili fan oyligida maktabning barcha o`qituvchilari tomonidan innovatsion ochiq darslar, qiziqarli tanlovlar , turli  tadbirlar o`tkazildi.

Jumladan, Hakimova Z. B. tomonidan 6-sinflarda “Kuzgi ishlar” mavzusida ochiq dars hamda 6-sinf o`quvchilari orasida “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”  ko`rik-tanlovi o`tkazildi. “Kuzgi ne`matlar” mavzusidagi ochiq darsda o`quvchilarga kuz fasli va unda qilinadigan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi. O`quvchilarning og`zaki nutqini rivojlantirishga alohida ahamiyat berildi. “Ertakalar – yaxshilikka yetaklar” tanlovida barcha rusiyzabon 6-sinflar ishtirok etdi. Ular tomonidan o`zbek xalq ertaklaridan lavhalar namoyish etildi.

фото


фото


фото

 

фото

O`zbek tili fani o`qituvchisi Abduxalikova X. X. 4-sinflarda “Kuzgi ishlar”, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Qodirova D. I. 7-sinflarda “Yaxshilika va yaxshi so`z” kabi mavzularda ochiq darslar o`tdilar. 

фото


фото


фото

Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Zaripova R. M. tomonidan 5-sinflarda “Gapning ifoda maqsadga ko`ra turlari” mavzusida ochiq dars, 6-sinflarda “Til bilgan – el biladi” mavzusida tadbirlar o`tkazildi. Har ikkala tadbirda ham tilning jamiyatdagi o`rniga alohida ahamiyat berildi.

фото


фото

фото

 

Теги:
Другие статьи раздела
© School307 2010